Ishlab chiqarish amaliyotida “Ustoz-shogird” an’anasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-sonli qarorida belgilangan vazifalar yuzasidan “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 4-bosqich talabalari ishlab chiqarish amaliyoti davomida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan chet mamlakatlarning zamonaviy “Case”, “John Deere” va mamlakatimizda ishlab chiqilgan MX-1.8 vertikal shpindelli paxta terish mashinasini ishlatish jarayonlarida bevosita ishtirok etishmoqda. Fakulteti talabalari Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “TST Klaster” Xorijiy MChJ korxonalarga tegishli dala maydonlarida ishlab chiqarish amaliyoti olib borayotgan jarayonga “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov hamda dekan o‘rinbosarlari tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad institutimizda yillar mobaynida an’anaga aylangan “Ustoz-shogirt” tizimini yanada yuksaltirish va talabalar o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirishdan iborat. Tashrif chog‘ida dekan Q.Shavazov va dekan muovini U.Quziyevlar tomonidan talabalarga Qishloq xo‘jalik mashinalari fanidan kerakli maslahatlarni berishib talabalarni amaliyot paytidagi paxta terish mashinalarini ko‘zdan kechirishdi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani o‘rinbosari B.Sarimsakov axboroti