"Qizlarjon" klubida

    "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida TIQXMMI XQK raisi yordamchisi Z.Xafizova va fakultet XQK a’zosi O.Ro‘ziqulovalar tomonidan “Qizlarjon” klubi ishini davom ettirish, qizlarni kasbga va hunarga o‘rgatish maqsadida navbatdagi yig‘ilish tadbiri o‘tkazildi. Qizlar davra suhbati davomida institutda ta’lim va tarbiya olish bilan bir qatorda darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tikish-bichish ishlariga ham jalb etilgan. Buning uchun 3-TTJda tashkil etilgan “Tikuvchilik” to‘garagi bo‘yicha ham ma’lumotlar berildi. Qizlarimiz-kelajak onalari. Onalar esa xonadonlarining ko‘rki va obodligi uchun tikish va bichishni ham o‘rganishlari zarur. Bu harakatni “Milliy liboslar” tanloviga tayyorgarlik deb hisoblash mumkin.

 

 

TIQXMMI matbuot xizmati