Vatan himoyachilari kuni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash oʼziga xos anʼanaga aylangan. Bu bejiz emas, albatta. Siz-u bizning bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday masʼuliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta boʼlayotgan oʼgʼlonlarimizni har qancha eʼzozlasak, koʼkka koʼtarsak, arziydi. Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetida ham fakultet dekani Sh.Narbaev, yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Z.Hafizovalar tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuniga bagʼishlanga tadbir boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirda Oʼzbekiston “VETERAN” jangchi faxriylar bilashmasi raisining oʼrinbosari palkovnik Sultanov Rustam, Oʼzbekiston “VETERAN” jangchi faxriylar bilashmasi Toshkent shahar Kengashi raisining oʼrinbosari Raxmatillaev Bekmurod, hamda fidoiy insonlardan biri yurtimiz vatanimiz kelajagi tinchligi uchun xizmat qilgan bugungi kunda nafaqada, bir qator shogirdlar chiqargan DXX UX faxriysi Eshov Xurram Buriyevichlar ishtirok etishdi.
Mehmonlarimiz Vatan, xalq, ajdodlarimiz, buyuk allomalarimizning shuhratini dunyoga tarannum etishda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, har tomonlama yetuk, jismonan sogʼlom, bilimli va fidoyi farzand qilib shakllantirish yoʼlida xalq albatta oʼzining buyuk kelajagini barpo etishga qodir. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir insonning qalbiga Vatan tuygʼusini singdirish, bir necha ming yillik moddiy va maʼnaviy madaniyat maskanlaridan biri-ona Oʼzbekistonimizning haqiqiy jonkuyari boʼlishga erishish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Аna shunday fidoyi farzandlar bor ekan, ertangi kunga ishonchimiz xam yuksalib boraveradi. Zero, birinchi prezidentimiz, alohida taʼkidlaganidek, bugungi kunda Oʼzbekiston amalda oʼzining zamonaviy, ixcham va xarakatchan, yaxshi kurollangan, mamlakatimiz barkarorligi va xavfsizligini, sarxadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir boʼlgan milliy armiyasiga ega, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor». deb talaba-yoshlarimizga maʼlumotlar berib oʼtishdi. Shundan soʼng talaba-qizlarimiz tadbir mehmonimizni, tadbirga ishtirok etgan professor-oʼqituvchilar va talaba-yigitlarimizni bayram bilan tabriklashdi. Biz ham harbiylarimizni ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʼliq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʼliq boʼlsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʼlishi uchun har doimgidek oʼz kuch-gʼayratingizni ayamang.
TIQXMMI matbuot xizmati