Yosh tadbirkor-elga madadkor

2021-yil uchun Mo‘ljallangan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi va Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Yoshlar daftari va Temir daftarga kiritilgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitish va maxsus sertifikatlar asosida subsidiyalar ajratish maqsadida, institutimizda yosh tadbirkorlar tomonidan darslar tashkil etildi.

Darslar ikkita yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan, xizmat ko‘rsatish sohasi hamda sanoat sohasidagi tadbirkorlikka  yo‘naltirilgan. Bir haftaga mo‘ljallangan darslarda faol ishtirok etgan va kelajakda o‘zining shaxsiy biznesiga asos solishni maqsad qilib olgan yoshlarga maxsus sertifikatlar taqdim etiladi va banklar orqali maqsadli kreditlar va subsidiyalar ajratiladi. "Yosh tadbirkor-elga madadkor" dasturi doirasida yosh tadbirkorlarni ish bilan ta’minlash va amaliyotda o‘zini sinab ko‘rish uchun keng imkoniyatlar yaratib beriladi. Albatta, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda talaba qizlarni ham o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda o‘qitishga kelishib olindi va ushbu darslar ham institutimizda tashkil etiladi.

 TIQXMMI matbuot xizmati