Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov taklifiga binoan Buyuk Britaniyaning Universitet Kolledj universiteti (QS’da eng kuchli 10 talikda) professori Bayes Axmed TIQXMMI bilan hamkorlik o‘rnatish borasida muzokara olib borish uchun tashrif buyurdi. Tashrifi davomida B. Axmed institut xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Salohiddinov va “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professori B.Karimov bilan Orol dengizining yon atrofidagi hududlarga ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy talofatlari xususida suhbatlashishdi. Bu borada Buyuk Britaniya va Gorizont – 2020ning dasturlariga loyiha bilan qatnashish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Shu bilan birga B. Axmed “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining “Geodeziya va geoinformatika” yo‘nalishining 2-2 guruh talabalari va 1-kurs magistrantlarga “Masofadan zondlash va uning turli sohalarga qo‘llanilishi” mavzusida master klass o‘tkazib berdi. Mavzu ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otgani bois, savol-javob qizg‘in tus oldi. Shuningdek, taqdimot so‘nggida fakultet professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishib olindi va o‘zaro bog‘lanish ma’lumotlarini almashishdi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov