O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 2019 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘iga asosan 2019 yil 17-18 may kunlari institutimizda “Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fanidan Respublika fan Olimpiadasining II-bosqichi o‘tkaziladi.
“Oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fan olimpiadasi quyidagi 4 ta turdan iborat qilib o‘tkaziladi.
1. Yozma ish 2. Og‘zaki 3. Test 4. Ijodiy ish
Fan olimpiadasining II-bosqichida har bir oliy ta’lim muassasasidan1 (bir) nafar talaba 1 (bir) nafar rahbari bilan ishtirok etish huquqiga egadir.
Fan olimpiadasining II-bosqichi ishtirokchilariga beriladigan savollar aniq va mazmunli hamda barcha ishtirok etadigan muassasalarning takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi uchun Sizning muassasangiz tomonidan ishlab chiqilgan.
II-bosqichga tegishli fan savollarini 2019 yil 14 maydan kechiktirmay tashkiliy qo‘mitaga yuborishingiz so‘raladi.
"Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Raximov axboroti.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.