SPORT OYLIGI

Muhtaram Prezidentimizning, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusiga bag‘ishlab, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, 2019 yilning may oyi Respublikamizda “Sport oyligi” deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan, institutda fakultetlararo talaba-yoshlar terma jamoa a’zolari o‘rtasida “Bo‘sh vaqtimiz – bilim va sport bilan birga” shiori ostida mazkur musobaqa prorektor Q.Shavazov tomonidan tantanali ravishda rasmiy ochib berildi. Mini-futbol bo‘yicha 10-13 may kunlari  musobaqalar ko‘tarinki ruhda, sermazmun va samarali  o‘tkazildi. Yakuniy natijaga ko‘ra: I-o‘rinni GIM fakulteti terma jamoasi, II-o‘rin YeRB fakulteti terma jamoasiga nasib etdi hamda faxrli  III-o‘rinni SXTEB fakulteti terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

  “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri M.Norqobilov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov