Talaba qizlarni ish bilan ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta tashabbus yuzasidan institutda 2019 yil 17-mayda “Oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” mavzusida  davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Z.Maxkamova, Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani xokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasining raisi X.Safarova, M.Ulug‘bek tumani FXDYo bo‘limi katta inspektori G.Yuldaeva va institutning ayol professor-o‘qituvchilari va talaba qizlari qatnashdilar.

Tadbirda jamiyatimizda bugungi kunda talaba qizlarni ish bilan ta’minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar, qizlarga umuman ayollarga yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarning mazmun- mohiyatiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, oila va uning jamiyatdagi o‘rni masalasida huquq, tarix, sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, demografiya, etika singari fanlar asrlar mobaynida o‘rganilishi, oila jamiyatning ming yillar davomida shakllanib, yosh avlod tarbiyasi va ijtimoiy moslashuvida muhim bo‘g‘in hisoblanishi, oila jamiyatning sog‘lom va barkamol avlodni kamolga yetkazuvchi tabarruk maskani ekanligi, insonning ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari dastlab oila bag‘rida shakllanishini bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berildi. Sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish va shu orqali sog‘lom avlodni kamol toptirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilanganligi O‘zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilganligi ta’kidlab o‘tildi.

Jumladan, oila xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biri ekanligi Konstitutsiyamizning 63-moddasida oila qadri o‘zining yuridik talqinini topganligi, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir savol javob tarzida davom ettirildi.