Mahalla-vatan ichra vatan

Vatanga muhabbat ona allasi bilan qalbimizga jo bo'ladi. Ana shu yuksak tuyg'u tufayli biz o'zligimizni anglaymiz. Mahalla – insonni jamiyat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatadigan, yoshlarni ezgu qadriyatlarga yod etib tarbiyalaydigan maskan. Xalqimiz ming yillar davomida mahalla bag‘rida bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashab kelmoqda. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani  “Mirzakalon Ismoiliy” mahallasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida mahalladagi bir qator bolalarni institutimiz hayoti bilan tanishtirildi.

Unda Axborot resurs markazi, Abdulla Oripov muzeyi hamda sport majmuamizga sayohat qildi. Asosiy maqsad, mahalla bolalarining kelajakka ma’nan yetuk, barkamol avlod qilib tarbiyalashdir.  Mahalla esa insonlar orsidagi bunday birlik va hamjihatlikning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi . Mahallaning obodligida har bir fuqaroning hissasi muhim bo‘lganidek, har bir insonning voyaga yetishida mahallaning ham onalik, ham otalik mehri bor. Bularning barchasi mahallaning Vatan ichra mo‘jaz vatan ekanligidan dalolatdir.

 

 

 

“Qishloq va suv xo‘jaligi

energiya ta’minoti ” fakultetining  Yoshlar

 bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullayev

TIQXMMI   matbuot  xizmati