Institutda 2021 yil 17 sentyabr kuni Toshkent shahar “ASAKA” bank Poytaxt filialining mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5203-sonli qarori asosida ta’lim krediti va uni olish tartibi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir jarayonida bank mutaxassislari ushbu qaror asosida talabalarga yaratilgan qulayliklar, ta’lim krediti olishda yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil tushuncha berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan ta’lim krediti olish masalasida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga bank mutaxassislari va buxgalteriya tomonidan to‘liq ma’lumotlar olishdi.
TIQXMMI Matbuot xizmati