Buyuk Britaniyada magistraturada ta’lim olishni istaganlar uchun “Chevening” stipendiya dasturi

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda eng kamida 2 yillik ish stajiga ega bo’lgan ishchi xodim va o’qituvchilarni Buyuk Britaniya tomonidan tashkil etilgan xalqaro “Chevening” stipendiya dasturi doirasida o’qishga taklif etadi.

Mazkur stipendiya dasturi to’g’risida batafsil ma’lumot 2018 yil 20 oktabr kuni “Wyndham Tashkent Hotel” mehmonxonasida Britaniya elchixonasi tomonidan taqdimot ko’rinishida amalga oshiriladi.

Barcha harajatlar Britaniya elchixonasi tomonidan qoplanadi.

Mazkur yig’ilishda ishtirok etish istagida bo’lganlar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishlari talab etiladi. https://goo.gl/7qY32C

Batafsil ma’lumot olish istagida bo’lganlar quyidagi elektron pochta manzili orqali bog’lanishlari mumkin. ukin.uzbekistan@fco.gov.uk.