O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Institut xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda talaba-qizlar o‘rtasida an’anaviy “Balli, qizlar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Unda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Xoliqova, 3-TTJ tarbiyachi-pedagogi N.Isonqulovalar ishtirok etdi. G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari H.Boymatov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov