Xabaringiz bor, Harakatlar strategiyasi qabul qilinib, beshta muhim soha bo‘yicha har yili yil nomlari Yurtboshimiz tomonidan e’lon qilinmoqda. O‘tgan davrda 2020 yil–Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yil "Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e’lon qilindi. 2020-yilda pandemiya tufayli ko‘p bajariladigan ishlarimiz hali oldinda.
Shundan eng muhimi bu "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" masalasidir. Bugun 2021-yil 18-fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Xalqaro anjumanlar zalida "Menejment" kafedrasi tashabbusi bilan "O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGILARINING SAMARADORLIGI" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Saidaxror Gulyamov bilan SXTE va B fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talaba-yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Yig‘ilishda ustoz Saidaxror Gulyamov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot sohasi Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhimligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Akademik Saidaxror Gulyamov intellektual salohiyatni oshirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlash kabi mavzularda o‘z fikrlarini bildirdi. Talaba-yoshlar va yig‘ilganlar bilan muloqot qilib, savol-javoblar o‘tkazildi. Shuningdek, fakultet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar Akademik tashrifi uchun o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirishdi. Fakultetda yana ko‘plab shunday uchrashuvlar tashkil etilishi belgilab olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati