2020 yilda TIQXMMIda o’tkaziladigan Geoinformatika bo’yicha xalqaro konferensiyalar

Joriy yil 1-3 iyun kunlari institutimizda o’tkaziladigan Geoinformatika bo’yicha Xalqaro GISCA 2020 konferensiyasi onlayn shaklda tashkil etiladi. Bu bo’yicha batafsil ma’lumot qo’shimcha ravishda e’lon qilinadi. Shuningdek, to’liq ma’lumotlarni konferensiyaning quyidagi rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin: https://gisca20.wordpress.com/

Shuningdek, 2020 yil 3-5 oktabr kunlari institutimizda Erasmus+ DSinGIS loyihasi doirasida Geoinformatika bo’yicha InterCarto.InterGIS konferensiyasi bilan birgalikda GI 2020 Xalqaro qo’shma konferensiyasi o’tkaziladi. Mazkur konferensiyaga ilmiy maqolalar joriy yilning 1 iyul sanasiga qadar qabul qilinadi. Tanlab olingan maqolalar SCOPUS bazasiga kiruvchi ilmiy jurnalda chop etiladi. GI 2020 konferensiyasi haqidagi batafsil ma’lumotlarni uning quyidagi rasmiy sahifasidan olishingiz mumkin: 

http://geo.amk.uni-obuda.hu/gi2020/