Ayni paytda ishlab chiqarish amaliyotida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida bo’lib turgan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” va “Gidrotexnika qurilishi” talabalari professor-o’qituvchilar bilan birgalikda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Poliefir kompozit materiallaridan sug’orish latoklarini tayyorlash texnologiyalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarida faol ishtirok etishdi.
Talabalar ilmiy izlanishlar natijasini ko’rib ijobiy taa’surotlar bilan qaytishdi, uchrashuv savol javoblarga boy bo’ldi, Seminarda irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmalarining vakillari, mahalliy hokimiyat organlaridan tashqari xorijiy “INDORAMA” agroklasteri vakillari sifatida klasterning xalqaro grantini yutishga muvaffaq bo’lgan Avstraliyalik Mr. Robert boshchiligidagi olimlar guruhi ham ishtirok etishdi. Ular xozirda 3000 gektardan ortiq yerlarni tekislashda GPS qurilmasi bilan jihozlangan yer tekislash mashinalaridan foydalanishmoqda.
Xorijlik mehmon GIM kafedrasi assistenti I.Turdibekov bilan suhbatda TIQXMMI va uning hozirgi faoliyati bilan tanishligini, ijobiy fikrda ekanligini aytib o’tdi, shuningdek Mr. Robert Afrika qit’asi va Avstraliyada bajargan ekinlarni yer ostidan namlatib sug’orish texnologiyasi suhbatdoshi tomonidan ham Arnasoy tumanida undan farqli ravishda bajarilganini eshitib tez orada natijalarni ko’rish uchun tashrif buyurish niyatini bildirdi. Amaliyot davom etadi…
TIQXMMI matbuot xizmati