Maʼlumki, mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bagʻrikenglik kabi ijobiy xislatlar joy olgani hech kimga sir emas. Ha, albatta, qaysi yurt vakili boʻlishimizdan qatʼi nazar tangri tomonidan yaratilgan har bir inson uchun oʻz muruvvatimizni ayamasligimiz ham ijobiy xislatlarimizdandir.
Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami nishonlanayotgan bir vaqtda bu kabi xayrli tadbirlarni uyushtirib turish oʻz navbatida savobli ishlarning bir koʻrinishi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Hech kimga sir emaski, har yili ushbu ulugʻ ayyom arafasida shu kabi xayrli targʻibot tadbirlarini uyushtirish anʼanaga aylangan. Xususan, “GIM” fakulteti Yoshlar ittifoqi faol talabalari 15 yanvar kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan mexrga muhtoj qariyalar holidan xabar olishdi.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Roʻzibayev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov