Geoaxborot tizimi (GAT) texnologiyasi sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning 2019 yil 22-23 oktyabr kunlari Mirzo Ulugbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida bo’lib o’tishi munosabati bilan Yevropaning hamkor universitetlari: Obuda universiteti (OU), Vengriya, Paris Lodron universiteti (PLUS), Zalsburg, Avstriya, Qirollik texnologiya universiteti, Stokgolm, Shvetsiya, Leybnits O’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xojaligini rivojlantirish instituti (IAMO), Germaniyadan bir qator mehmonlar institutimizga tashrif buyurishdi. Avstriyaning Zalsburg universitetidan tashrif buyurgan professor Erika Blaschke tomonidan institutimizning bir qator professor-o’qituvchilariga ilmiy ishlarni qanday qilib nashr qilish haqida seminar tashkil etildi.
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov