4 kurs talabalarining uchrashuvi

Ishlab chiqarish korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan muammoli ma’ruzalar tashkil qilish bo‘yicha rejaga asosan “Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” fakulteti, SXMIM ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari “Meliomashlizingservis ” MChJ “Servis va monitoring bo‘limi” boshlig‘i N.I.Allaberganov bilan uchrashdilar. N.I.Allaberganov 2019 yilda lizing yo‘nalishida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar hamda «Meliomashlizingservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berdi.

“Meliomashlizingservis” sho‘ba korxonasidan farqli o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 oktyabrdagi “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 3313-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan “Meliomashlizingservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘zining ish faoliyatini yanada kengaytirgan holda nafaqat meliorativ texnikalarga zamonaviy servis xizmat ko‘rsatishni balki xorijiy mamlakatlardan lizingga olingan meliorativ texnikalarga kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlar bilan asosiy va hududiy filliallardagi omborxonalarni to‘ldirish hamda Respublikadagi mavjud davlat unitar korxonasi va irrigatsiya tizimi boshqarmalarining ehtiyojlari asosida arzon va sifatli ehtiyot qismlar va moylash mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazilgan ma’ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Sarvinoz Xolova axboroti

Institut matbuot kotibi Raximboy Jumanizyozov