LIBOS XOS-U MOS BO'LSIN

30 aprel kuni 2- Talabalar turar joyi 3 - qavat va 4 - qavat foyesida  "Kiyinish madaniyati" mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Modelyer Koko Shanel ham qizlarning kiyinish madaniyati haqida chiroyli fikrlar qoldirgan ekanlar. Qizbolani xunuk joyi bu tizzasi ekanligini aytib o'tgan.  Qizbola yubkani fransukiy uslubda ya’ni tizzadan 30 sm uzunlikda bo'lishi kerak qiz bola kiyinish madaniyati bilan ibo hayosi, tarbiyasi bilan va o’zining sirliligi bilan go'zaldir.  
Bu ularning yurish-turishi va ko‘rinishi-kiyinishida, muomalasida o‘z ifodasini topadi.  Suhbatni tarbiyachi-pedagog Aziza Xaitova,  “Gidravlika-gidroinformatika” kafedrasi assistenti Apakxujayeva Tursunoy tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom bilan birgalikda talaba qizlarga odob - axloq, gigiena va kiyinish madaniyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti 
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov