Beshta tashabbus amalda

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha” “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor davr talabi. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 2-kurs 10-guruh talabalari “Yerdan foydalanish” kafedrasi assistenti B.Xalilova boshchiligida 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqdalar.

Birinchi tashabbus yuzasidan yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida talabalar Amir Temur muzeyiga va rassomchilik san’atini targ‘ib qilish maqsadida xiyobondagi fotosuratlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar. So‘ngra ikkinchi tashabbus yuzasidan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish yuzasidan 2 kurs 10 guruh talabalarini sportga jalb qilish, ularni chiniqtirish maqsadida velosport musobaqasi ko‘ngilochar tarzda tashkillashtirildi. B.Xalilova tomonidan stol tennisi musobaqasi qiziqarli va samimiy tarzda tashkil etilib sport sog‘lik garovi ekanligi ta’kidlandi.

Uchinchi tashabbus bo‘yicha esa aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 2-kurs 10 guruh talabalariga B.Xalilova tomonidan Corel draw, Photo shop, Arc Gis, yangi dasturlarda ishlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida “Kitob olami” do‘koniga tashrif buyurdilar va o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qildilar. Beshinchi tashabbus Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash. Xotin-qizlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, shaxsiy tashabbuskorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmalarga 2-kurs 10-guruh qizlari bilan tashrif buyurishdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov