Mutaxassis tayyorlashda xalqaro ko‘rgazmaning ahamiyati

Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari magistratura mutaxassisligi 127-guruh magistrantlari 2019 yil 27 -29 noyabr tashkil qilingan 15-xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasiga “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrassi prof.v.b. Matyakubov Baxtiyar Shamuratovich rahbarligida tashrif buyurishdi. Magistrlar suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi bo‘yicha kelgan bir qator kompaniya texnologiyalari bilan tanishishga musharraf bo‘lishdi. Jumladan, Isroil davlatining “Netafim” va “GADOD Arro", Turkiyaning davlati tomonidan AQShning Zimmatic (strength to grow on) hamda Turkiya-O‘zbekiston hamkorligida tashkil qilingan "Erhas Irrigation Systems" kompaniyalarining butun dunyoda va O‘zbekistonda olib borayotgan ishlari bilan to‘liq tanishishdi.

Shu bilan bir qatorda fermerlarga o‘zining maslahatlarini berayotgan Agromart.uz portali bilan yaqindan tanishtirildi. Ko‘rgazmada yana bir yirik Xitoyning "Greenday" kompaniyasi tomonidan yilning istalgan mavsumida ekin yetishtirishda imkon beradigan “Multi span”, “Tunnel” va “Blackout” issiqxonalarini qurish va loyihalashning asosiy tamoyillari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi. Qozog‘iston Respublikasining "IFT Project Development" kompaniyasi esa o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni saqlash uchun professional boshqaruv tizimi va ixtisoslashtirilgan sovutgichlar, yuqori texnologiyaga asoslangan sanoat issiqxonalarini loyihalash va qurish xizmatlari bilan yaqindan tanishildi.

Magistrlar uchun yana bir quvonchli tomoni shundan iborat bo‘ldiki, Respublikamizdagi “Javohir Grand Biznes" kompaniyasi tomonidan taklif qilinadigan gidroponikalardan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda foydalanish va gidroponikalarning afzallik tamoyillari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bunday tashkil qilinadigan ko‘rgazmalar soha bo‘yicha mutaxassis tayyorlashda hamda tajriba almashishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Magistrlar institutda olayotgan bilimini yanada yuksaltirishga, kasbga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qilibgina qolmay, balki, ilm-ishlab chiqarish va o‘quv jarayonining chambarchas bog‘liqligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi prof.v.b.Matyakubov B.Sh. axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov