Psixologik trening

29 noyabr 2019 yil juma kuni Gidromelioratsiya fakultetining talabalar turar joyida talaba qizlar bilan birga  "Pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan psixologik trening tashkil etildi. Bunda qizlarning o‘zligini anglashi borasida turli xil treninglar qiziqarli debat tarzda olib borildi. Aynan shu tarzda o‘tkaziladigan treninglar qizlarni oila, jaomoa, gurux oldida o‘z o‘rnini egallashlariga turtki bo‘luvchi xususiyatlarni shakllantirishga yordam beradi.  Jaxon mamlakatlari ta’lim tizimida shunga o‘xshash treninglar oddiy tarzlarda xam tashkil etilib bu jarayon shaxsiy o‘sish uchun eng qadrli xisoblanadi. Shuning uchun biz o‘z ma’suliyatimizni xis qilgan holda talabalarimizni yaxshi kayfiyat bilan ta’lim-tarbiyani olib borishimiz kerak.

 

PP va O‘M kafedrasi dotsenti D.I.Mukumova