Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti biturvi kurs talabalari va magistrantlariga Xitoyning “Anhui Agricultural University the school for engineering”da magistraturasida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.
O‘qish muddati ikki yil:
1 yil –xitoy tili
1 yil – magistratura (tegishli mutaxassislik bo‘yicha).
O‘qish 2020 yilning sentyabr oyidan boshlanadi. Grant tanlovida ishtirok uchun xujjatlar 1 fevralgacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari sentyabr oyidan o‘qishga qabul qilinadi, oyiga 400 $ stipendiya to‘lanadi, turar joyi ta’minlanadi, Xitoyga kirib chiqish 4 yilga viza beriladi. Aviabiletlar, elchi xonada viza olish talaba xisobidan bo‘ladi.
Tanlovga talab etiladigan xujjatlar:
1.Diplom ilovasi bilan (hozir talabalarning reyting daftarchasidagi baholar hisobga olinadi) – nusxasi.
2.Pasport
3.Rasm
4.Tibbiy ma’lumotnoma
5.Izlanishlar rejasi
6.Tavsiyanomalar-2ta(1 ta ilmiy rahbardan, 1 ta institut rahbariyatidan).
7.Ielts, Xitoy tili yoki ingliz tili sertifikati ( advanced level)
8.Chop etgan maqolalari, kamida 2 ta
Bu xujjatlarni tayyorlab tanlov komissiyaga topshirish kerak.
Murojaat uchun:
71 237 0972-Umumtexnik fanlar kafedrasi
94 602 4143-Turkmenov X.