2021-yil 19-mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirligi boshqarma boshligʼi Shuxrat Otajanov tomonidan “Davlat grantlari tanlovi uchun loyihalarni shakllantirish, loyihalarga qoʼyiladigan talablar, tanlovlarda ishtiroq etish tartiblari” mavzusidagi seminar-trening oʼtkazildi. Seminar-trening boshlashdan oldin Innovatsion Rivojlanish vazirligi boshqarma boshligʼi Shuxrat Otajanov Institut ihtidorli talabalari tomonidan yaratilgan yangi ishlanmalar koʼrgazmasi bilan tanishdi. Jumladan Green house, Smart water tower, Hydropower, Superviser, Energy exporter, Hydro energy, Fresh water, Nasos stantsiyalarda drenaj tizimida Xoll datchik effekti yordamida suv satxini nazorat qilish, Nasos agregatlarini bir tugma orqali boshqarish, Tomchilab sugʼorish tizimini avtomatlashtirish, Suv minorasini avtomatik boshqarish qurilmalari bo'yicha talaba yoshlar taqdimot qilishdi. Shundan soʼng seminar-trening oʼtkazish konferentsiya zaliga tashrif qilindi.
Seminar-treningda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) xamda TIQXMMIning Buxoro va Qarshi filiali professor - oʼqituvchilari, yosh olimlar, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar (izlanuvchilar), olima ayollar qatnashdi. Seminar-treningni oʼtkazishdan asosiy maqsad yosh olimlarni xamda institut professor-oʼqituvchilarini davlat (fundamental, amaliy, innovatsiya, yosh olimlar) grantlari tanlovi uchun loyihalarni shakllantirish, loyihalarga qoʼyiladigan talablar, tanlovlarda ishtirok etish tartiblari bilan yaqindan tanishishdan iborat boʼlib toʼliq belgilangan maqsadga erishildi.
Seminar-trening Offline va Online tarzda oʼtkazildi. Offline shaklda institutning videokonferentsiya zalida oʼtkazilish jarayonida boshqarma boshligʼi Shuxrat Otajonov tomonidan qilingan taqdimotda berilgan maʼlumotlar hamda savollar va javoblar natijasida dolzarb boʼlganligi yaqqol namayon boʼldi. Mazkur tashkil qilingan seminar - trening natijasida, institut professor-oʼqituvchilari, yosh olimlar davlat grantlari tanlovida qatnashish boʼyicha loyiha xujjatlarini shakllantirish yuzasidan aniq maʼlumotlarga ega boʼlishdi. Fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar loyihalariga qoʼyiladigan asosiy talablar toʼgʼrisida tushunchalarga ega boʼlishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati