TIQXMMI «Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish» kafedrasi professori, Qozog‘iston fanlar akademiyasi akademigi t.f.d. S.Keshuovning V – o‘quv binosi 602 – ma’ruza xonasida, «Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish» ta’lim yo‘nalishi talabalari va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida "Qozog‘istonda elektroenergetikaning taraqqiyot tarhi, holati va qishloq xo‘jaligi energiya ta’minoti" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ma’ruzada asosan Qozog‘iston Respublikasining elektr energetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Elektroenergetika tarmoqlarida energiya isroflari, quvvat koeffitsientini oshirish va boshqa muammolarni hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tdi. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi energiya ta’minotida noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish masalalari kengroq yoritildi.
"Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti "Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish" kafedra mudiri A.Berdishev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov