Butunjahon tozalik kuni — bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. G‘oya dastavval, 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylandi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar O‘zbekistonda ilk bor 2019 yilda o‘tkazildi. 2020 yil 19-sentyabr' kuni "Gidromelioratsiya" fakul'teti bir guruh talaba-yoshlar va “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi assistenti A. Hamidov hamda “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish kafedrasi” assistenti A.Gafarova bilan birgalikda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Butunjahon tozalik kuni” ga bag‘ishlangan aksiyada ishtirok etishdi. O‘zbekiston bizning uyimiz, bu tog‘lar, bu yerdagi tabiat Vatanimizning bir bo‘lagi. Ularni iflos, chiqindilarga to‘la holda o‘sib kelayotgani qoldirishning o‘zi jinoyatdir.
Ekoaksiyadan maqsad Butunjahon tozalik kunini O‘zbekistonda jamoatchilik, hukumat, OAV va tijorat birlashmalarini mamlakatimiz tozaligini saqlash, barqaror taraqqiy etishimiz uchun sharoitlar yaratish, aholining ekologik madaniyatini ko‘tarishdan iborat. Aslini olganda, tozalikni ta'minlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Shunday ekan, bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki har kuni bajarilishi lozim. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.
“Gidromelioratsiya” fakul'tetining Yoshlar bilan ishlash dekan o‘rinbosari O.Habibullaev
TIQXMMI matbuot xizmati