Joriy yilning 17- sentabr kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Ra'no Qodirova tomonidan TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Sog' tanda - sog'lom aql" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri F.B.Qilicheva va TTJ tarbiyachi pedagogi Azizaxonlar ishtirok etdilar.
Ra'no Qodirova yer yuzini larzaga solib turgan Covid-19 haqida gapirib har birimiz o'z sog'ligimizni o'zimiz ehtiyot qilishimiz, pandemiya qoidalariga rioya qilishimiz muhimligini, gapirib salomatlikni qadriga etish, uni saqlash bilan bog'liq ota- bobolarimizning ajoyib odatlari, naqllaridan gapirib ozodalik - tan sihatlik garovi ekanini ta'kidlab o'tdi. Sog'lom bo'lishning yana bir omili bu mehnatdir. Siz ham xalqimizning ana shunday udumlariga amal qilib doimo sog'lom, quvnab yuring, hamma vaqt yaxshi kayfiyat va xushchaqchaqlik bilan, o'qib, mehnat qiling aziz talaba quzlarim deb tilak bildirdi. Davra suhbati qizg'in savol - javoblar bilan mazmunli tarzda o'tdi.
TIQXMMI matbuot xizmati