2018-yil 19-oktyabr kuni institutimizning madaniyat saroyida “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti talabalari tomonidan 21-oktyabr “O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ga bag’ishlab “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etish uchun fakultetning birinchi bosqich va faol talabalari takliflari asosida ajoyib bayram dasturi tayyorlandi.
Jumladan, badiiy chiqishlar, kuy-qo’shiqlar, qiziqarli sahna ko’rinishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan institut rahbariyati, madaniyat saroyi xodimlari, fakultet dekanati hamda barcha faol talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Faol bo’ling talabalar barchasi siz uchun!!!
Fakultet Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Iskandarov Xaytboy axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov