Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri «Landtech» ko‘shma korxonasi xamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorlikda joriy yilning 18-noyabr kuni “V” o‘quv binosida qishlok xo‘jaligini raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda John Deere kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy dileri «Landtech» ko‘shma korxonasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi departamenti raxbariyati, institut professor-o‘qituvchilar va magistrantlar ishtirok etishdi.
Seminar-treningda John Deere kompaniyasining aniq qishloq xo‘jaligi bo‘yicha AMS System tizimi taqdimot qilinib qishloq xo‘jaligida erishilgan ijobiy natijalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. O‘zbekistonda tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi klassterlarida keng miqiyosda joriy etish orqali qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari seminar-treningda amaliy jihatdan namoyish etildi.
«Landtech» ko‘shma korxonasi bosh direktori o‘rinbosari B.Israilov kelajakdagi yo‘l xaritasini qisqacha ta’riflab berdi. Shuningdek,seminarda kompaniya vakili N.Kinsi o‘z prezentatsiyasida berilgan ma’lumotlari bo‘yicha qiziqtirgan savolarga javob berdi. Seminarda yutuqli savol-javob viktorinasi o‘tqazilib, Traktor va avtomobillari kafedrasi mudiri M.Amonov g‘olib bo‘ldi va «Landtech» ko‘shma korxonasi vakillari tomonidan estalik sovg‘a bilan taqdirlandi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar taklif va muloxazalarini bildirdilar hamda tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.