Joriy yilning 19 dekabr kuni 11 - 00 da “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi professor – o‘qituvchilariga kafedra stajyor o‘qituvchisi S.Melikuziev Senat tomonidan 2019 yil 30 noyabrda ma’qullangan, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 noyabrda qabul qilingan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni maqsadi, vazifalari va mazmunini tushuntirib berildi. Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratliligi, fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etish mexanizmlarini shakllantirish, ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam ko‘rsatish, volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, aholida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun o‘zini o‘zi namoyon etish va o‘zini o‘zi tashkil etish ko‘nikmalarini olish kabi vazifalarni bajarish borasida ma’lumotlar berildi.
GMITE va T kafedrasi stajyor o‘qituvchisi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov