“Qishloq va suv xo‘jaligining energiya ta’minoti” fakulteti 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 301, 302-guruh talabalariga “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasining 2020-2021 o‘quv yili mobaynida o‘tkaziladigan muammoli ma’ruzalar rejasi asosida, 2021-yil 17-aprel kuniga rejalashtirilgan “Standart elektrotexnika” MCHJ korxonasining ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sherzod Murtozov “Elektr energiyani nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari tashkil etish va rasmiylashtirish” mavzusi bo‘ycha muammoli ma’ruza o‘tib berdi.
Ushbu mavzu hozirgi zamon talabiga juda zarur bo‘lgan, ya’ni elektr energiyasini ishlab chiqish va elektr energiyasining iste’molchiga kelguncha bo‘ladigan jarayonlar va ularni hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlarini amaliyotga bog‘lab tushuntirib berdilar. Sh. Murtozov elektr energiyaning nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari tashkil etish va rasmiylashtirishda eski va zamonaviy elektr hisoblagichlarning turlari va ishlash xarakteristikasini tushuntirdi. Sh. Murtozov tomonidan o‘tilgan dars mashg‘uloti qiziqarli va savol javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tamonidan etarlicha javoblar olishdi.
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti
TQXMMI matbuot xizmati