2019 yil 18 may kuni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol usullari to‘g‘risidagi taqdimot e’tiborga molik bo‘ldi deyish mumkin. Bunda “Elektr texnologiyalari va qayta tiklanuvchi elektr manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va dekan o‘rinbosarlari Sh.Berdiyev va J.Raximovlar faol ishtirok etdilar.
Taqdimotda interfaol usullaridan “Suqrot muloqoti”, “Bahs-munozara”, “Muzyorarlar” va “Ish vaziyatlarni o‘rganib chiqish” usullari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. "Platforma” o‘quv markazida tashkil etilgan treningda qatnashgan kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob va kerakli ma’lumotlarni oldilar.
“Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakulteti Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.O.Berdiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov