2019 yil 18 oktyabr kuni soat 15:00 da TIQXMMI “Ma’naviyat xonasi”da "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekoharakat deputatlari a’zosi Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich, O‘zbekiston Ekologik harakati hududiy bo‘limlar va harakat faollari bilan ishlash guruh rahbari Azizov Shodiyor Valijonovich va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yunusobod tumani partiya tashkiloti Kengashi raisi Fayziyeva Sevara Tulkunovnalar ishtirokida “Biz ekologik barqarorlik uchun kurashamiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni SXTE va B fakulteti dekani R.Xakimov kirish so‘zi bilan ochib berib, taklif etilgan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi. Mutaxassislar tomonidan “Oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish” to‘g‘risidagi konsepsiyaning ijrosi va bugungi kundagi ekolog kadrlarga bo‘lgan talabning ahamiyati, atrof-muhit va ekologiyaga bo‘lgan munosabatni tubdan ijobiy tomonga o‘zgartish bugungi yoshlarning oldida turgan katta vazifalar ekanligi xususida tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Ekologik partiyasining maqsad va vazifalari va faoliyati xususida talabalarga atroflicha tushuntirib o‘tildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar asosida o‘tdi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov