Joriy yilning 20-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini oʼrganish, aholi bandligini taʼminlash maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida sayyor qabul oʼtkazdi.Unda Xalq qabulxonasi viloyat boʼlimi va Qarshi shahridagi 4 ta sektor hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va 3-sektor ishchi guruhi 62 nafar fuqarolar nuroniylar, faollar va oqsoqollar ishtirok etdi. Sayyor qabulda shaharda istiqomat qilayotgan fuqarolarni qiynayotgan muammolar boʼyicha 26 ta murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi joyida hal etildi. 14 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 14 ta murojaat nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.Yigʼilish yakunida ikki nafar fuqaroga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi pasporti topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati