"INTELECT" yangicha yondashuv loyihasi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalaridan tashkil topgan "Irrigator" jamoasi "Ziyo ForumUz" ilm-ma'rifatni rivojlantirish fondi tomonidan tashkil etilgan yangi "INTELECT" loyihasida ishtirok etib, Toshkent shahar Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Ushbu loyihani boshqa intellektual o'yinlardan afzalliki, talabalar nafaqat savollarga javob topish uchun harakat qilishadi, bu loyiha davomida hozirgi kunda dolzarb bo'lib kelayotgan, yoshlarga, jamiyatga foydali bo'ladigan, amalga oshirilsa samarali bo'lgan loyihalar bilan chiqib taqdimot ham qilib berishi lozim.Ushbu loyiha davomida institutimizdan ishtirok etgan talabalar, Yurtimizda kitobxonlikni ommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini shakillantirish yuzasidan yangichi loyiha taqdim etishdi. Loyiha hozirgi kunda kam harajat va Yurtimizda Yoshlarga qulayligi uchun, barcha institutlar ichida eng ma'quli deb topildi. Loyihaga Ishtirokchilar qisqacha shunday izoh berishadi: bu loyihada, kitob o'qish orqali siz xizmat ko'rsatish sohasidagi xarajatlaringizni kamayishiga erishasiz. Siz, endi olgan kitobni birinchi va oxirgi egasi bo'lmaysiz, siz uni qaytarib topshirib, boshqalar o'qishi uchun imkoniyat yaratish bilan bir qatorda, o'zingizga yangi kitobni 80%chegirma bilan olish imkoniyatini qo'lga kiritasiz. Hindiston tajribasini tahlil qilgan holda, sartaroshxonada o'qigan kitob hajmi yoki muddatidan kelib chiqib sizga belgilangan narxlardan chegirma qilib beriladi. Do'stona ruhda o'tgan yangi loyihada institutimiz Yoshlari loyiha tashabbuskori hamda loyihaning birinchi ishtirokchilaridan bo'lishdi. 

ТИҚХММИ матбуот хизмати