2021-yil 22-yanvar kuni soat 10:00 da TIQXMMI faollar zalida “Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti 1-kurs talaba yoshlari bilan Institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Choriev uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvni “SXTE va B” fakulteti dekani R.Xakimov kirish soʼzi ochib berib, talabalarni institut ichki tartib-qoidalari, muomala, kiyinish madaniyati va talablar haqida talabalarga hayotiy misollar bilan tushuntirish va tavsiyalar berib oʼtdi.
Institut prorektori R.Choriev 1-kurs talabalarini institutda yoshlarga yaratilgan sharoitlar va ularning har tomonlama kamol topishi va bilim olishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida toʼxtalib oʼtib, talabalarni institut hayotida faol boʼlishga chaqirdi. Uchrashuvda talabalar tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollar boʼyicha atroflicha javob oldilar. Shuningdek, faol talabalar oʼzlarining taklif va murojaatlari bilan oʼrtoqlashdilar. Uchrashuv qizgʼin savol-javoblar ruhida oʼtdi.
TIQXMMI matbuot xizmati