Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1-kurs talabalarining 2021-yilning 20-fevral kunida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tashriflar grafigiga asosan "Gidromelioratsiya" fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 106 - guruh talabalari va guruh murabbiyi Axmedjanova G.T rahbarligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi. Talabalarga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi bilan to‘liqroq tanishish maqsadida ekskursiya o‘tkazildi. Ekskursiyani ma’lumotlar bo‘limi xodimi hamda kutubxona direktori Umida Teshaboeva rahnamoligida barcha qavatlarda mavjud bo‘lgan bo‘limlar bilan tanishtirishdi.
Jumladan: kitobxonlarni ro‘yxatga olish, “Tafakkur” katta o‘quv zali, “Kashfiyot” ilmiy o‘quv zali, “Istiqlol” yoshlar va talabalar o‘quv zali, “Nodir” qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar o‘quv zali, “Jahon” xorijiy o‘quv zali, ilmiy texnikaviy adabiyotlar o‘quv zali, “O‘zbekiston” milliy adabiyotlar va davlat tarixi zali, ma’lumot-axborot o‘quv zali, katalog va kartotekalar, virtual ma’lumotlar xizmati hamda MAXSUS O‘QUV ZALLARI: “Adolat” huquqiy axborot o‘quv zali, “Ijod” nota-musiqa nashrlar zali, “Ilm” dissertatsiyalar o‘quv zali, “Media markaz” media va internet markazi, elektron kutubxona va imkoniyati cheklangan foydalaniuvchilar o‘quv zali bilan yaqindan tanishishga musharaf bo‘lishdi. Tashrif jarayonida talabalar kutubxona xodimlariga ko‘plab savollar bilan murojaat qilishda hamda aniq javoblar olishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati