Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo`yicha Prizedentimiz tomonidan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi farmonni imzoladilar. Unga quyidagilar nazarda tutiladi:
oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoilayatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog`lom raqobat muhitini yaratish;
oliy ta’lim muassasalarida o`quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish;
xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg`or standartlarini joriy etish, jumladan, o`quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo`naltirilgan ta’limdan amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o`tish.
Institutimizda ham ta’lim sifatini oshirish bo`yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan Institutimizning 2019-yil 30-sentyabrdagi 6-majlis bayonining 12-bandiga asosan ya’ni Institutda talabalarni 5+1 ( besh kun institutda va bir kun ishlab chiqarishda ) tizimi asosida o`qitishni joriy etish. Shunga muvofiq Institutimizning “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 1-kurs talabalari kafedra professor-o`qituvchilari A.Babayev va A.Davirovlar hamrohligida “O`ZELEKTRTARMOQ” Unitar korxonasi 220/110/10 kv Keles podstansiyasida amaliyot darslarini olib borishdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savolarini berishdi va ma’sul hodim tomonidan yetarlicha javoblarini olishdi. Ustozlar ham korxona ishchilari bilan birgalikda o`zlarini fikrlarini bilddirdilar. Talabalar uchun dars judayam qiziq va ko`tarinki ruhda o`tdi.
“ Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi assistenti Alisher Davirov axboroti.
TIQXMMI vatbuot xizmati