19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 may 2018 yildagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarori ijrosi bo‘yicha ilm-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari”, “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishlari va “Nasos stansiyalari va qurilmalaridan foydalanish tashxisi” mutaxassisligi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yo‘l xaritasiga hamda institutimiz rektori iqtisod fanlari doktori, professor, Umurzakov O‘ktam Pardayevichning tashabbuslariga asosan “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi Chirchiq GESida “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi filiali tashkil etilib, ilk bor “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi o‘tkazildi. Unda “Chirchiq GESlar kaskadi” direktori Shodmonov Abdurasul Abdurashidovich va GES injener-xodimlari ishtirok etishdi. Davlat attestatsiya komissiya a’zolari va Chirchiq GES xodimlari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari ishlab chiqarishning dolzarb muammolarini yechishga qaratilganligini e’tirof etishib, Z.Jamolova, D.Nishonov, X.Azimov, B.Buvabekov, S.Musaeva, A.Bekibaev, N.Dexkanova, Z.Maxamatdinovlar, ya’ni barcha talabalar a’loga baholashdi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov