Ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish mavzusidagi onlayn-vebinar

Taʼlim tizimida ustozlarning yosh avlodga ilmning qiymati, ijtimoiy hayotdagi oʼrni borasida maslahat va yoʼl-yoʼriqlari doim muhim. Chunki ustoz va shogirdlik anʼanasi taraqqiyot tantanasidir. Ilm qilishga ragʼbat bildirgan shogirdlarga ulugʼ ustozlarning nasihat va tushuntirishlari asqotishi tayin. Magistratura boʼlimi tomonidan 2020  yilning 21 avgust kuni soat 11.00 da tashkil qilingan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati, professor-oʼqituvchilari, magistrantlari  bilan texnika fanlari doktori, akademik Mirziyod Mirsaidov oʼrtasida “Ilmiy ishlarni bajarish, olib borish va tadqiqot qilish boʼyicha suhbat” mavzusida onlayn – vebinar boʼlib oʼtdi. 

Ushbu onlayn – vebinarda akademik Mirziyod Mirsaidov tomonidan Respublikamiz Taʼlim sohasida kutilayotgan oʼzgarishlarni toʼlaqonli anglash, muvaffaqiyatli ilmiy ish olib borish, tadqiqot jarayonida qoʼllaniladigan usul va uslublar toʼgʼrisida taqdimot shaklida maʼruza berildi. Maʼruzadan keyin institutning professor-oʼqituvchilari, magistrantlari hamda doktorantlari tomonidan maʼruzachiga oʼzlarini qiziqtirgan savollar berildi va ularga akademik tomonidan qoniqarli javoblar olindi. Onlayn – vebinarda 138 nafar tinglovchilar qatnashishdi. Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor R.Choriev va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor  T.Sultonov hamda Magistratura boʼlimi boshligʼi А.Yangievlar institutda ilmiy ishlar, maʼnaviy ishlar hamda oʼquv jarayonining pandemiya sharoitida tashkil qilinishi boʼyicha maʼlumotlarni berishdi.

TAQDIMOT power point