Iqtidorli talabalar hamisha eā€™tiborda

Inson tug’ilibdiki kelajakda o’zining oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari bo’ladi. Shu ma’noda har yili o’tkazib kelinadigan fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va boshqa nomli davlat stipendiyalari hamda nufuzli tanlovlarda talabalarning ishtirok etishlari, ularning kelajaklari uchun qo’yilgan eng dadil qadamlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi tashabbusi bilan “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida tashkil etilgan bu galgi tadbir ham huddi shu maqsadlarni amalga oshirish va nufuzli tanlovlarda ishtirok etish shuningdek, ularda g’olib bo’lib boshqalardan kuchliligini ko’rsatish imkoniyatlariga ega bo’lish va shu kabi mavzularda olib borildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli davlat stipendiyalarini qo’lga kiritish va boshqa nufuzli tanlovlarda ishtirok etish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, tadbirda magistrlik bosqichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi bo’lgan hozirda institutning tayanch doktoranti va ushbu stipendiyani yana bir bor qo’lga kiritgan, ikki karra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi Abduraxmonov Ilhomjon, Yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Rasulov Davron va institutning bir qator iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi Abduraxmonov Ilhomjon o’zining ushbu nufuzli yutuqga qanday erishgani, buning uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi va o’zining tajribasidan kelib chiqgan holda ko’plab ma’lumotlar berib o’tdi.

Bundan tashqari xozirgi paytda iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, imkoniyatlar, tashkil etiladigan nufuzli tanlovlar hamda boshqa ko’plab zarur va qiziqarli bo’lgan ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.Tadbir qizg’in savol-javob tarzida bo’lib o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi hamda kelgusida shu kabi ma’lumot berishga qaratilgan tadbirlar ko’plab tashkil etilishi hususida o’zlarining takliflarini bildirishdi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot  ishlarini tashkil etish bo'limi axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati