Nazariy bilimlar isboti bu o’quv amaliyoti

Shoir e’tirof etganidek, har faslning o’z ziynati va fazilati bo’lgani kabi har davrning, har semestrning ham o’z talab va taqozosi bor. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 1111/t va 1112/t buyruqlariga asosan . "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash va "Gidrotexnika qurilishi" fakultetlari 3-kurs talabalariga «Injenerlik geodeziyasi" fanidan

o’quv amaliyoti 2021 yil 18 oktyabrdan 30 oktyabrgacha bo'lgan muddatlarda darslardan tashqari vaqtlarida institut va Toshkent shahri hududlarida karantin qoidalariga rioya qilgan holda start oldi. Amaliyotdan maqsad talabalarni kelajakda o'z sohasi yetuk kadrlar bo’lib yetishishi va zamonaviy geodezik asboblarni mukammal o'rganishlari ko’zda tutilgan.

 

        

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi Abdulla Jurayev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati