Institut va kollejlar o‘rtasidagi integratsiya

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni izchil tadbiq etish maqsadida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan Qibray agrotijorat kasb-hunar kolleji o‘rtasida shartnoma tuzilgan. 
Tuzilgan shartnomadan ko‘zlangan maqsad - Kollejda tahsil olayotgan talabalarni institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish sohasida va ish tajribasi bo‘yicha axborotlar almashish, O‘zbekiston Respublikasida global iqlim o‘zgarishi hisobiga tobora oshib borayotgan suv tanqisligi sezilayotgan bir vaqtda suvdan samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazish, talabalarni o‘quv jarayoniga qiziqtirish orqali kelajakda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tahsil olishga tayyorlashdir.
Shuning bilan birgalikda davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan ishchi dasturlarini kasb-hunar ta’limi muassasasi bilan hamkorlik qilish ham asosiy maqsadlardandir.
Ushbu shartnoma asosida 2018 yil 6 oktyabrda “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori professor Isayev Sabirjon Xusanbayevich “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilikda” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazdi.

   


Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi assistenti Sh.Mardiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov