"Oromgoh"dagi orom

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Har bir san’at inson qalbi, shuuri va ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, uning estetik didini shakllantirish, ma’naviy dunyosini boyitish, dunyoqarashini o‘zgartirish qudratiga egadir. San’atning turlicha ko‘rinishlari bo‘lsada, ularning gultoji teatr ekanligi ko‘pchilik san’atkorlar tomonidan e’tirof etilgan. Ana jihatdan ham teatrning mo‘jaz sahnasi ko‘ngillarni zavqqa to‘ldiradi, inson tafakkuri va ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.

O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi tomonidan "Oromgoh" nomli spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda GIM fakulteti 102-guruh talabalari va rahbari qatnashdi. “Oromgoh” nomli spektaklda asosan adolatsizlik va korrupsiyani o‘zlarining kundalik turmush-tarziga aylantirib olgan insonlarning jabr- zulmidan aziyat chekayotgan aholi arzlarini hokimiyat organlari tomonidan ijobiy hal etilmayotgani asos qilib olingan. Ayni damda bu kabi adolatsizliklarning nafaqat insonlar, balki tabiat va atrof muhit ham qurboniga aylanayotganligi muammosi bir jurnalist yigitning qahramonligi misolida yoritilgani e’tiborlidir.

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Dilshodbek Uralov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov