Biz SXIT va UF yoʻnalishi 106-guruh talabalari 21.11.2020-yili Olimpiya shon-shuhrat muzeyiga tashrif buyurdik va u yerdagi eksponatlar va faxriy medallar, yorliqlar va suratlar bilan tanishdik. Ekskursiya davomida talabalar bilan oʻzaro savol-javob jarayonida qizgʻin suhbatlar boʻlib oʻtdi.Gid bizlarga barcha eksponatlar bilan tanishtirib chiqdi. F.M.Karimov bunday bo‘ladigan sayoxatlar bizlarning bo‘sh vaqtimizni mazmunli o‘tkazishimiz va tarixiy shaxslarimiz to‘g‘risidagi malumotlar va olimpiadada qatnashgan faxrli chempion qadrli musobaqa sovrindorlarining medallari va faxriy yorliqlari, ularning dasxati tushirilgan yorliqlar bazamizni kengaytirishga ularni xayotiy faoliyatini chuqur o‘rganishga yordam beradi. F.R. Faxriddinov 1-kurs talabalari uchun qilinayotgan say-harakatlari uchun avvalo rektorimizga keyingi navbatlarda tashkillashtirgan professor o‘qituvchilarimizga raxmat aytgan bo‘lardim. Ustozlarimizning tashabbusi bilan shunday tarixiy buyumlar saqlanayotgan muzeyga tashrif buyurdik. Mening taklifim keyinchalik uyushtiriladigan sayoxatlarni mutaxassisligimizdan kelib chiqgan holda olib borsak soxaga bo‘lgan qiziqishlarimizning yanada oshishiga turtki bo'ladi.Rasmda koʻrinib turgan shtanga Rio-2016-da Ruslan Nuriddinov tomonidan dast koʻtarilgan eksponat. Bilamizki Ruslan Nuriddinov Rio da oʻtkazilgan olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan.Ruslan dast ko'tarishda 194, siltab ko'tarishda 237, umumiy 431 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, Olimpiada chempioniga aylandi. Nuriddinov siltab ko'tarishda 237 kg natija bilan Olimpiada rekordini ham yangiladi. Bundan avvalgi rekord belaruslik Andrey Aramnauga tegishli edi. U 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida 236 kg natija qayd etgandi bo‘lar edi.Guruh rahbarimiz Sh.D.Tursunboev bizlarga rektorning 17.11.2020-yilda tasdiqlangan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish grafigi Olimpiya shon-shuhrat muziyiga uyushtirilgan sayoxatdan olingan taassurotlarni tarixga muxrlash kerakligini bu sayoxat ertangi kun uchun tarixga aylanishi va bu tarixni xam unutmaslik kerakligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
TIQXMMI matbuot xizmati