2020 yilning 25 fevral kuni Yoshlar Ijod Saroyida Savdo-Sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi va «Expocontact» kompaniyasi 22-xalqaro «Ta’lim va Mutaxassislik» ko‘rgazmasining dastlabki ish kuni boshlandi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarda zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo‘yicha bilim olishlari uchun o‘quv yurtlarini tanlashga yordam berish.
Ko‘gazmaga maktab, koledj va litsey o‘quvchilari abiturientlar, talabalar ularning ota-onalari, o‘quv muassasalarning vakillari, ko‘rgazma o‘tkazilish davrida mamlakatimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod o‘quv markazlari hamda Yevropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat universitetlari ishtirok etdi, shuningdek barcha qiziquvchilar.
Ushbu ko‘rgazmada institutning “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring” bo‘limi bilan birgalikda GM, GTQ, QXM, QSXET fakultetlar o‘zlarining ko‘rgazmali vositalari (bannerlar) va institut faoliyatini yoritib beruvchi video rolik materiallari (bukletlar) bilan faol qatnashmoqda.
TIQXMMI matbuot xizmati