Imkoniyat va imtiyozlar kelajak bunyodkorlari uchun

   TIQXMMI Qarshi filialida 22-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo boʼlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarning hayotda oʼz oʼrnini topishi uchun davlat tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat” shiori ostida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo filiali rahbari Bekzod Joʼraev, filial rahbari oʼrinbosari Tuychi Yoqubov hamda filial bosh inspektori Ilhom Аlmanovlar ishtirok etishdi. Yoshlarga boʼlgan eʼtibor va imkoniyatlar mamlakatimizning istiqboliga daxldor masalalar ekani uqtirildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati