Respublika Olimpiadasini o‘tkazish kafedraning dolzarb va mas’uliyatli masalalaridan ekanligini va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng e’tibor berilayotganligini inobatga olib, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” fani buyicha 1-bosqich olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 1-bosqich olimpiadasida institutimizning “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti “Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalaridan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan 19 nafar talabalar ishtirok etishdi.
“Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” fani bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasi 1-bosqich natijalariga asosan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 409-guruh talabasi Amanov Oxunjon Ergash o‘g‘li 270 ball to‘plab birinchi o‘rinni egalladi.
GMTF kafedrasi stajyor o‘qituvchisi M.Rustamova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati