Madaniyat sohasida kelajakka nazar

2021-yil 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar yuzasidan 2021-yil 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekov institutimizga tashrif buyurdi. Madaniyat vaziri institutimiz madaniyat saroyi va O‘zbekiston Qaxramoni o‘zbek xalq shoiri A.Oripov nomidagi muzey hamda ularning faoliyatini yaqinda o‘rgandi.

Kelajakda institutimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbus doirasida to‘garaklar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va boshqalar tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Madaniyat vazirligi va institutimiz rahbariyati tomonidan ustuvor vazfalar ijrosi yuzasidan qator rejalar kelishib olindi.

TIQXMMI matbuot xizmati