Oldin xabar berganimizdek, "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti Yoshlar kengashi faollari tomonidan «Agitators» loyihasi yo'lga qo'yilgan edi. Jamoa a'zolari o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Ularning shijoatiga ob-havo ham ta'sir qilmayapti. Bugun «Agitators» jamoasi Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan 20-maktabda bo'lib, maktab bitiruvchilariga nufuzli institutimiz haqida batafsil ma'lumotlar berishdi. Maktab o'quvchilaridagi hayajon, ishonch, o'qishga bo'lgan harakat yanada oshdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Maktab o'quvchisi: “To’g'ri bizga Irrigatsiyava qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti haqida ma'lumotlar berilgan, institut haqida umumiy ma'lumotlarni bilamiz, lekin bugungi uchrashuvdan keyin Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutiga bo'lgan qiziqishimiz yanada oshdi, institutingizda yaratib berilgan imkoniyatlarni ko'rib yonimda turgan do'stlarim bilan birgalikda Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutiga topshirishga qaror qildik.” Bu gaplarni shunchaki bo'rttirib aytilgan deb o'ylashingiz mumkin. Kelajagini, istiqbolini irrigatsiya sohasi bilan bog‘lashga intilgan yoshlarga omad tilaymiz.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov